5-amaliy mashgulot
Elektr bilan ta'minlash tizimini diagnostika qilish qurilmalari
Avtomobil elektr ta'minot tizimi barcha iste'molchilarni elektr energiya bilan ta'minlash uchun xizmat qiladi.
Diagnostika usullari
Elektr ta'minot tizimining asosiy komponentlari
Elektr ta'minot tizimi tarkibiga asosan quyidagilar kiradi:
Generator
Avtomobildagi elektr energiyaning asosiy manbai bo'lib, dvigatel o'rta va katta aylanishlar chastotasi bilan ishlab turganda hamma iste'molchilarni elektr toki bilan ta'minlaydi va akkumulatorni zaryad qiladi.
Akkumulatorlar batareyasi
Yordamchi elektr energiya manbai bo'lib, u asosan ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish jarayonida startorni tok bilan ta'minlash hamda generator ishlamayotganda yoki uning aylanishlar chastotasi me'yoridan past bo'lgan hollarda iste'-molchilarni elektr toki bilan ta'minlash vazifasini bajaradi.
Kuchlanish rostlagichi
Generator kuchlanishining belgilangan qiymat darajasida avtomatik ravishda ushlab turish xizmatini bajaradi.
agar Ug > Eb bo'lsa, u holda Ig = Ibz + Iyu ; agar Ug < Eb bo'lsa, u holda Ig + Ibr = Iyu ; agar Ug = 0 bo'lsa, u holda Ibr = Iyu .
Elektr ta'minot tizimidagi asosiy parametrlar
Bunda Ug - generator kuchlanishi, Eb - akkumulatorlar batareyasining EYUK, Ig - generator toki, Ibz - akkumulatorlar batareyasining zaryadlanish vaqtidagi iste'mol qilgan toki, Ibr - akkumulatorlar batareyasining razryadsizlanish vaqtida bergan toki, Iyu - iste'molchilarga sarf bo'ladigan yuklama tok.
Akkumulyator holati
Akkumulyator EYUK va zaryadlanish/razryadlanish toklarini o'lchash orqali uning holati aniqlanadi
Generator ishlashi
Generator kuchlanishi va bergan toki o'lchanadi
Yuklama tahlili
Iste'molchilarga sarf bo'ladigan yuklama tok miqdori aniqlanadi
Nominal kuchlanish talablari
1. Nominal kuchlanish. Elektr energiya iste'molchilarining nominal kuchlanishi - 12, 24 V. Asosiy tok manbai - generatorning nominal kuchlanishi 14, 28 V qiymatida belgilanadi.

Avtomobil harakatlanayotganda ishlaydigan elektrenergiya iste'molchilari kuchlanish belgilangan nominal qiymatidan 95-125% doirasida o'zgarganda ham o'z ish qobiliyatlarini yo'qotmasliklari kerak.
12V
Iste'molchilar nominal kuchlanishi
Kichik avtomobillar uchun
24V
Iste'molchilar nominal kuchlanishi
Katta avtomobillar uchun
14V
Generator nominal kuchlanishi
12V tizimlarda
28V
Generator nominal kuchlanishi
24V tizimlarda
Elektr o'tkazgichlarning ulanish sxemasi
1. Elektr o'tkazgichlarning ulanish sxemasi. Avtomobillarda bir o'tkazgichli sxema joriy qilingan, ya'ni barcha iste'molchilarga bitta o'tkazgich ulanadi, tok manbai va iste'molchilarning ikkinchi qutbi esa "massa"ga (avtomobil kuzoviga yoki shassisiga) ulanadi. Elektr jihozlarning ba'zi buyumlarini ikki o'tkazgichli sxema bo'yicha tayyorlashga yo'l qo'yiladi.
Davlat standarti
3940-57 raqamli Davlat standarti bo'yicha "massa"ga tok manbai va iste'molchilarning manfiy qutbi ulanadi.
Nominal ko'rsatkichlar
Avtomobil elektr jihozlarining nominal ko'rsatkichlari (quvvati, tok kuchi, kuchlanishi va hokazo), atrof muhitning harorati 25±10°C, nisbiy namligi 45-80%, atmosfera bosimi 870-1060 gPa bo'lgan sharoitda belgilanadi.
Avtomobil elektr jihozlarining chulg'amlari va tok o'tkazuvchi boshqa past kuchlanishli zanjir elementlarining korpusga nisbatan izolyasiyasi shikastlanmasdan 1 min davomida 50 gs chastotali 500 V kuchlanishga bardosh berishi kerak.
Elektr jihozlarning ishlash talablari
Avtomobil elektr jihozlaridagi chulg'amlarning qizish temperaturasi atrof muhit harorati 40-50°C va havo bosimi 870-1060 gPa bo'lganda, ishlatilgan izolyasiya materiallarning toifasiga ko'ra, 100-135°C dan oshmasligi kerak.
1
Taqsimlagichlar sinovlari
O't oldirish tizimining taqsimlagichlari salt ishlash sharoitida kattalashtirilgan aylanishlar chastotasi bilan sinalganda 2 min davomida shikastlanmasdan ishlashi lozim.
2
Startor sinovlari
Startor esa bunday sinovga 20 sekund davomida bardosh berishi zarur.
3
Radioxalakitlar
Elektr jihozlarining ishi jarayonida vujudga keladigan radioxalakitlar, Davlat standarti tomonidan belgilangan qiymatlardan oshmasligi kerak.

Bu talablarni qondirish uchun elektr jihozlar ekranlangan yoki qisman ekranlangan holda tayyorlanadi.